SOG‘LOM MUHIT — SOG‘LOM JAMOA

Mamlakatimizda demokratik prinsiplar ustuvor bo‘lgan yangi jamiyat qurish, bozor munosabatlariga asoslangan kuchli iqtisodiyotga ega davlat barpo etishga yo‘naltirilgan bosqichma- bosqich amalga oshirilayotgan islohotlar doirasida xalk ta’limi tizimidagi eng muhim vazifalardan biri ta’lim sifati va mazmunini yangi bosqichga lco‘tarishdan iborat.

Bu vazifa samarali amalga oshirilsa, mamlakatimizni modernizatsiya borasida belgilangan maqsadlarga erishishda eng muhim hal qiluvchi kuch hisoblangan ma’naviy jihatdan barkamol, axloqan pole, mustaqil fikrlaydigan, tashabbuskor boMgan bilimli va intellektual rivojlangan avlodni tarbiyalanadi.

Albatta, bu bejiz emas. CHunlci «o‘zbek modeli»ning ajralmas tarkibiy qismi bo‘lgan “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun hamda “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da, awalo, inson manfaatlari ustuvorligi, uning zamon talablariga mos holda ortib boradigan ehtiyoj va qiziqishlari, imkoniyatlarini to‘liq yuzaga chiqarish uchun barcha shart-sharoitlarni yaratish belgilab qo‘yilgan.

Bu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligini  oshirish maqsadida Xalq ta’limi vazirligi tomonidan bir qator pedagogik innovatsiyalar (“Dars- muqaddas”, “0‘rgan-o’rgat”, “Bilimlar bellashuvi”, “Murakkab fan — o’rganaman” va boshq.) ishlab chiqilib, amaliyotga joriy etilmoqda.

Mazkur innovatsiyalarning samara berishi hamda ta’lim-tarbiya sifatini oshirishga xizmat qilishi eng awalo ularning mazmun-mohiyatini har bir pedagogik jamoalarda o‘rganishni va har bir o‘qituvchi, maktab rahbarlari tomonidan amaliyotga samarali joriy etilishini ta’minlashga, eng muhimi esa maktablarda sog‘lom muhitning yaratilganligiga bogMiq.

Aytish mumkinki, bilimli va intellektual rivojlangan barkamol avlod sog‘lom muhit mavjud bo‘lgan sog‘lom jamoada tarbiyalanadi.

SHundan kelib chiqqan holda amaliyotga joriy etilayotgan innovatsiyalarning mantiqiy davomi sifatida ta’lim muassasalarida sog‘lom muhitni shakllantirishga qaratilgan “SOG‘LOM MUHIT — SOG‘LOM JAMOA” deb nomlangan tadbirlar majmuasini amaliyotga tatbiq etishni tavsiya etamiz.

YUqoridagilardan “Sogiom muhit nima? va uni shakllantirish kimlarga va nimalarga bog‘liq?” degan savol tug‘iladi.

SOG‘LOM MUHIT bu — ta’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilari o‘rtasida o‘zaro samimiy hurmat,

ta’lim-tarbiya sifatini oshirish uchun birgalikda faoliyat ko‘rsatayotgan ahil jamoa,

jamoadagi har bir shaxsning qobiliyatlarini yuzaga chiqarish va rivojlantirish uchun yaratilgan sharoit,

do‘stona, iliq va ishchan muhit.

SHundan kelib chiqqan holda, sog‘lom muhitni shakllantirish quyidagi omillarga

bog‘liq:

  • Maktab rahbariyatining adolatli yondashuvi va samarali boshqaruv;
  • Jamoa o‘rtasidagi samimiy munosabat;
  • Maktab rahbariyati, o‘qituvchi, o‘quvchining ahil bo‘lib umumiy maqsad (ta’lim-tarbiya sifati va samaradorligini oshirish) sari intilishi;
  • Sog‘lom raqobatning mavjudligi;
  • SHaxsning intellektual salohiyatini namoyon etishga imkoniyat va sharoitlarning yaratilganligi;
  • Natijaga ko‘ra rag‘batlantirishning yo‘lga qo‘yilganligi;
  • Samarali natijaga olib keluvchi o‘zaro hamkorlikning mavjudligi;
  • 0‘quv-tarbiya jarayonini ishtirokchilari(o‘quvchilar)ning shaxsiy qobiliyatlari, (o‘qituvchilar)ning kasbiy mahoratlarini hurmat qilinishi;
  • Keng jamoatchilik bilan samarali hamkorlikning yo‘lga qo‘yilganligi;
  • oila-mahalla-maktab hamkorligi doirasida haftalik va dekadalar tashkil etish;
  • ma’naviy-ma’rifiy tarbiya va o‘quvchilarni ijodiy faoliyatga jalb qilish bo‘yicha mahalla qo‘mitalari bilan ishlash;
  • deviant xulqli o‘smirlarni ijodiy faoliyatga jalb qilish bo‘yicha voyaga etmaganlar bilan ishlash komissiyalari bilan hamkorlikda tadbirlar tashkil etish;

Umumta’lim maktablarida SOG‘LOM MUHITni shakllantirish eng awalo maktab rahbariyatiningboshqaruv mahorati va kasbiy salohiyatiga bogMiq.

YUqoridagilardan kelib chiqqan holda rahbar atamasi mas’uliyatni his qiladigan, jamoani birlashtirib umumiy maqsad (ta’lim-tarbiya sifati va samaradorligini oshirish) sari etaklab, javobgarlikni o‘z zimmasiga olib biladigan, yosh avlod manfaatlari hamda el-yurtni kelajagini o‘ylab mehnat qiladigan kishiga nisbatan ishlatiladi.

Rahbarlik yuqori darajadagi mas’uliyatlikni, yuksak aql-farosat, ko‘p kuch-g‘ayrat, izlanish va topqirlikni, o‘z ustida tinmay ishlashni talab qiladi.

Rahbar eng awalo mas’uliyatli, kompetentli (o‘z kasbining mohir ustasi), tashkilotchi, adolatli va fidoyi bo‘lishi zarur.

Maktab rahbari sog‘lom ijodiy muhit vositasida jamoa a’zolari orasida shunday munosabatlar tizimini shakllantiriishi kerakki, bu muassasa oldiga qo‘yilgan maqsadlarga eng yuqori darajada erishish imkonini bersin. Buning uchun rahbardan quyidagi malaka va xususiyatlarga ega bo‘lish talab etiladi:

  • tashkilotchilik qobiliyati;
  • o‘z bilimini muntazam oshirib borishi;
  • ta’lim-tarbiya sifati va samaradorligini oshirishda shaxsiy namuna ko‘rsata olishi (o’z mutaxassisligi bo‘yicha namunaviy ochiq darslar tashkil etishi, dars tahlillariga kirishi ,ilg‘or tajribalarni joriy etishda etakchili kqilishi);
  • yangi g‘oya, yangi tashabbus, yangi texnologiyalarni joriy etilishini qo‘llab-quwatlashi;
  • o‘qituvchi va o‘quvchi psixologiyasidan xabardor bo4lishi (yosh xususiyatlari va temperamentlariga qarab samarali muloqotga kira olishishi)\
  • faqat o‘zining nuqtai-nazari va fikrini o‘tkazmasdan, o‘zgalarning ham fikrini inobatga

olishi;

  • o^ituvchilarning bilim va malakalarini, ijodkorlik qobiliyatlarini qadrlash xususiyatini mavjud bo‘lishi;
  • tadbirkor, ishbilarmon bo‘lishi;
  • vaziyatni to‘g‘ri baholay olish;
  • mustaqil qaror qabul qila olish va mazkur qarorga javobgarlik hissi bo‘lishi;
  • hamkorlariga, jamoa a’zolariga bergan va’dasini doim o‘z vaqtida bajarish;
  • mag‘rurlanib ketmaslik, jamoa o‘rtasida kamtar bo‘lish, o‘ziga ortiqcha baho bermaslik;
  • o‘zining ishtiroki zarur bo‘lgan masalalarnigina hal qilishda qatnashishi;
  • faoliyatidagi har bir xato va kamchiliklarini sinchiklab tahlil qilib, kerakli saboq chiqara olish kabi xususiyatlar.

SHu bilan birgalikda rahbar kadrlardan samarali faoliyatning muhim vositasi sifatida har bir harakatga ijodkorlik bilan yondashib, hududdagi shart-sharoitlarni aniq hisobga olgan holda ish uslubini tanlash talab qilinadi.

Jamoa ko‘pchilikni tashkil etadi, shunday ekan ularning fikri, dunyoqarashi, ma’naviyati, xarakteri, ruhiyati ham turlichadir. Rahbar ularning turli-tuman ishlarini kuzatib turishi kerak bo‘ladi. 0‘z muassasasi a’zolarining hatti-harakatlaridan voqif bo‘lmaslik jamoaning bir necha tarafga bo‘linishiga sabab bo4adi.

Demak, rahbarning mahorati o‘z qo‘l ostida faoliyat ko‘rsatuvchilarga yaxshiroq ishlash istagini bera olishdan iboratdir. Rahbar ko‘proq shaxsiy namuna ko‘rsatishi, ma’naviy rag‘batlantirish, ishontirish, tushuntirish va tashviqot qilish yo‘li bilan har bir xodimga va butun jamoaga ta’sir ko‘rsatadi.

Sog»lom muhitni rivojlantirishda insondagi ehtiyoj va qiziqishlari o‘zgarganligini ham hisobga olmoq kerak. Agar yaqindagina mehnat faolligining asosiy sharti ish haqining miqdoridan, so‘ngra esa qulay moddiy ish sharoitini ta’minlashdan iborat bo‘lgan bo’lsa, hozirda mehnatga moddiy rag‘batlantirishning muhim roli saqlanib qolgan holda ma’naviy, ijtimoiy-psixologik faktorlarga tobora ko‘proq ahamiyat berilmoqda.

Hozir mutaxassis o‘zining ish joyi sifatida ko‘proq jamoasi ahil bo‘lgan, mas’uliyatli va ijodkor o‘qituvchi hurmat qilinadigan, u haqda g‘amxo‘rlik qilinadigan. o‘zini erkin his etadigan, qulay psixologik vaziyat tarkib topgan ish joyini tanlamoqda va bor kuchini sarflab ishlamoqda.

Ta’lim muassasalarida sog‘lom muhitni shakllantirish bevosita o‘qituvchilarning vazifalarini sifatli bajarishlariga bog‘liq. SHundan kelib chiqqan holda o‘quvchilaming erishgan natijalari va yutuqlarning asosi — maktablarda dars jarayonining sifatli tashkil etilishi hisoblanadi.

Darsning sifati esa maqsadga erishish uchun eng samarali usul va vositalar orqali sinfda sog‘lom, do‘stona muhitni yaratib, o‘quvchilarga bilim berish hamda mustaqil faoliyat kowrsatish kabi hayotiy ko‘nikmalarni rivojlantirish orqali ta’minlanadi.

Bu jarayon esa o‘qituvchilardan quyidagi talablarga javob berishni talab etadi:

  • o‘z fanining ilmiy — amaliy nazariyasini va zamonaviy yutuqlarini bilish;
  • o‘quvchilarning mustaqil bilim olishlarini, ularda boshlang‘ich tadqiqotchilik ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida samarali usullarni qoMlay olishlari;
  • ilg‘or ish tajribalar, yangiliklarni o‘qitish jarayoniga tadbiq qilish;
  • o‘quvchida mustaqil bilim olish, ijodkorlik va izlanishlarni rivojlantirish usullaridan foydalana olish;
  • dars jarayonida o‘zaro hurmat, ishonch va o‘zaro yordamni tashkil eta olish;
  • dars va darsdan tashkari jarayonni ko‘tarinki kayfiyatda tashkil eta olish;

3

  • o‘quvchilarni umumiy maqsadlarga intilishlarini rag‘batlantirish va qo’llab-quwatlash.

YUqoridagilardan kelib chiqqan holda ta’lim muassasalarida sog‘lom muhitni shakllantirishga qaratilgan “SOG‘LOM MUHIT — SOG‘LOM JAMOA” deb nomlangan tavsiyalar, eng awalo maktablarda amaldagi vaziyat qanday ekanligini aniqlash maqsadida o‘z- o‘zini baholash metodikasini joriy etish hamda shundan kelib chiqqan holda keyingi faoliyatlarini rejalashtirishga qaratilgan.

Maktablarda o‘z-o‘zini baholash metodikasini o‘quv yili davomida 2 marta (o’quv yilining birinchi yarim yillik yakuni va o’quv yili yakunida) amalga oshirish tavsiya etiladi.

Mazkur tadbirlar ikkita bosqichdan iborat bo4lib, ularni amalga oshirishda hisobotbozlikka yo‘l qo‘yilmaydi, amalga oshirilgan ishlar hisoboti yozilmaydi va olinmaydi, ushbu vazifalarga sidqidildan va vijdonan yondashish tavsiya etiladi.

 

 

2-bosqich: Maktab ma’muriyati, o‘qituvchilar, jamoatchilik faollari va o‘quvchilarning vakillari (sinf sardorlari, tartib posbonlari va boshq.)ning umumiy yig‘ilishida maktab tomonidan o‘quv yili davomida ta’lim sifatiga oid erishilgan aniq 10 ta salmoqli natija va yaqin bir yil ichida erishish mumkin bo‘lgan 10 ta natija muhokama qilinadi. Buni +10; — 10 usulida amalga oshirish mumkin. Bunda quyidagi ko‘rinishga ega bo‘lgan oddiy filipchart yoki oq vatman qog‘ozdan foydalaniladi.

T.r 0‘quv yili davomida erishilgan 10 ta yutuq YAqin 1 yil ichida erishish mumkin boigan 10 ta natija Rejalashtirilgan natijaga erishish maqsadida amalga oshiriladigan ishlar
1 3 nafar o‘quvchi bilimlar bellashuvining tuman bosqichida g‘olib bo‘ldi Maktabning viloyat bo‘yicha reytingini 10 pog‘onaga ko‘tarish
2 Ingliz tili fani o‘qituvchisi “Yilning eng yaxshi fan o‘qituvchisi” ko‘rik tanlovining viloyat bosqichida 1 o‘rinni qo‘lga kiritdi
3 Maktab o‘qituvchilarining 80% ni oliy ma’lumotli o‘qituvchilar tashkil etadi Maktab o‘qituvchilarining 100% oliy maiumotli o‘qituvchilar boiishiga erishish
4
5
6
7
8
9
10

 

Muhim eslatma: Maktab o‘z-o‘zini baholash metodikasining bundanda boshqa, turli xil uslublaridan foydalanish huquqiga ega.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vaziri, Toshkent shahar va barcha viloyat xalq ta’lim boshqarmalari boshliqlari, Davlat pedagogika institutlari, Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutlari rektorlariga

Bugungi kunda xalq ta’limi tizimida o‘quvchilarning bilim olishga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish, ularning iqtidori va qobiliyatlarini quyi sinflardan boshlab aniqlash, ularni rivojlantirish hamda kasb-hunarga yo‘naltirish uchun shart-sharoitlar yaratish, umumta’lim maktablarida o‘quv-tarbiya jarayonini samarali tashkil etishga qaratilgan “Dars muqaddas”, “0‘rgan — o‘rgat” va “Murakkab fan o‘rganaman» kabi ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda.

Mazkur innovatsiyalarning samara berishi hamda ta’lim-tarbiya sifatini oshirishga xizmat qilishi eng awalo ularning mazmun-mohiyatini har bir pedagogik jamoalarda oiganib, har bir o‘qituvchi, maktab rahbariyati tomonidan amaliyotga samarali joriy etilishini ta’minlashga, eng muhimi esa maktablarda sog‘lom va ijodiy muhitning yaratilganligiga bog‘liq.

SHundan kelib chiqqan holda amaliyotga joriy etilayotgan pedagogik innovatsiyalarning mantiqiy davomi sifatida ta’lim muassasalarida sogiom — ijodiy muhitni shakllantirishga qaratilgan “Sogiom muhit — sogiom jamoa” deb nomlangan tadbirlar majmuasini amaliyotga tatbiq etishni tavsiya etamiz.

Eng muhimi, mazkur tavsiyalami amalga oshirishda hisobotbozlikka yoi qo‘yilmasdan, sidqidildan va vijdonan yondashish tavsiya etiladi.

Vaziring birinchi

o‘rinbosari                                                                                          B.Daniyarov

Ijrochi: M.Vaxobov tel:239-40-94


403 Forbidden

403 Forbidden


nginx/1.10.3